Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ning iqtidorli futbolchisini "yo‘ldan urmoqda"

"Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ning iqtidorli futbolchisini "yo‘ldan urmoqda"

Автор: admin

Angliyaning "Manchester Siti" klubining iqtidorli futbolchisi Charli Maknil faoliyatini "Manchester Yunayted" klubida davom ettirishi mumkin.
17 yoshli Maknil "Manchester Siti" klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Biroq, qoidaga asosan, klublar o‘zaro tovon puli borasida kelishuvga erishishi kerak.
Goal.com portalining yozishicha, "MYU" futbolchining tovon puli sifatida 810 ming yevro to‘lamoqchi, biroq, ushbu summa bonuslar bilan birga 1,45 million yevroga o‘sishi mumkin. Bundan tashqari, "shaharliklar" futbolchining keyingi transferlaridan ma’lum bir miqdorda foiz oladi.
Qayd etish kerakki, Maknil o‘smirlar o‘rtasida 600dan ziyod gol kiritdi. U "MYU"ning tarbiyalanuvchisi edi, biroq, u 2014 yili "Manchester Siti"ga yo‘l olgandi.
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
APL angliya chempionati APL turnir jadvali apldagi eng so'ngi yangliklar angliya chempionati
Arsenal haqidagi qaynoq yangiliklari Chelsi haqidagi qaynoq yangiliklari Liverpul haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Yunayted haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester shahri haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Sity haqidagi qaynoq yangiliklari "Tottenxem" klubi haqida malumot Angliya Super kubigi Angilya kubigi Angilya liga kubigi