
Italiyalik darvozabon Vito Mannone faoliyatini Liga 1da davom ettiradi.
32 yoshli darvozabon «Monako» bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzdi.
Mannonening so‘nggi klubi Daniyaning «Esberg» jamoasi bo‘lgan. Shuningdek, u faoliyati davomida «Arsenal», «Hall Siti», «Sanderlend» va «Reding» klublarida ham harakat qilgan.