Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Gattuzo Kulibali va Milikning «Napoli»dagi kelajagi haqida gapirdi

Gattuzo Kulibali va Milikning «Napoli»dagi kelajagi haqida gapirdi

Автор: admin

«Napoli» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo hujumchi Arkadiush Milikka jamoada joy yo‘qligini, himoyachi Kalidu Kulibali esa u uchun talab qilingan qiymat to‘lanmagunicha ketmasligini tasdiqladi.
Milik «Roma», «Tottenhem», «Yuventus» bilan muzokaralar vaqtida «Peskara»ga (4:0) qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib yubordi.
«O‘tgan yili Milik bilan ochiqchasiga gaplashdik. Unga shartnomani uzaytirishi kerakligini aytdik, ammo u rad etdi. Arkadiush bu borada bizning fikrimizni biladi. Agar u boshqa klub topmasa, unga oson bo‘lmaydi. Chunki biz allaqachon ikki hujumchi bilan shartnoma imzoladik. Unga tarkibda joy yo‘q. 
Kulibali? Klub u uchun belgilangan pulni olmasa, futbolchi ketmaydi», – deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports Italia.
29 yoshli Kulibaliga asosiy da’vogar «Manchester Siti» sanaladi. 26 yoshli Milik esa «Yuventus» qiziqishlari doirasida turibdi.
81   
Добавить комментарий
Ваше имя: *