×

Goal24.uz » Jahon » Krespo: «Messiga «Barselona»dan ketish uchun otasi emas, professional agent kerak edi»

Krespo: «Messiga «Barselona»dan ketish uchun otasi emas, professional agent kerak edi»

Автор: admin

Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo «Barselona» sardori Lionel Messining Kataloniya klubini tark etishga urinishiga munosabat bildirdi.
«Ushbu vaziyat bilan bog‘liq muammo shundaki, menimcha, Messiga professional agent kerak. Uning otasi va agenti Xorxe Messini hurmat qilgan holda aytishim kerakki, ota bilan suhbatlashish professional agent bilan gaplashishga o‘xshamaydi. Agent oilaviy sharoitlarni va boshqalarni hisobga olmaydi. 
Men Xorxening xizmatlarini kamsitishni istamayman, lekin bu muammoni oldinroq hal qila oladigan agent kerak edi. Messining «Barselona» bilan shartnomasini yangilash qiyin emas, buning uchun katta tajriba talab etilmaydi», – deya Kresponing so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o‘tamiz, Messi yozda «Barselona»ni tark etishga harakat qildi, ammo rahbariyat u uchun 700 mln yevro tovon puli talab qildi. 33 yoshli argentinalik hujumchi esa klub bilan sudlashishni istamadi va jamoada qolishga qaror qildi.
69   
Добавить комментарий
Ваше имя: *