Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa» va «Real» «Sevilya» himoyachisi uchun kurash boshladi

«Barsa» va «Real» «Sevilya» himoyachisi uchun kurash boshladi

Автор: admin

«Sevilya» klubi himoyachisi Jyul Kunde La Liga yetakchilari e’tiboriga tushgan.
Mundo Deportivo’ning yozishicha, «Barselona» va «Real» klublari Fransiya yoshlar jamoasining 21 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda. Ikki tomon ham markaziy himoyani ushbu futbolchi bilan kuchaytirishni istamoqda. Klublar ushbu transfer borasida kurashni boshlab yuborgan.
Qayd etilishicha, «Sevilya» Kundening shartnomasidagi tovon puli sifatida 75 million yevro narx belgilagan. 
Ma’lumot uchun, bir yil avval «Sevilya» Jyulni Fransiyaning «Bordo» klubidan 25 million yevroga sotib olgandi.
86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *