Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » De Bryuyne: «Messining «Siti»ga transferi amalga oshmay qolgani meni zarracha qiziqtirmaydi»

De Bryuyne: «Messining «Siti»ga transferi amalga oshmay qolgani meni zarracha qiziqtirmaydi»

Автор: admin

«Manchester Siti» va Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne APL yangi mavsumi oldidan «Barselona» yetakchisi Lionel Messining «shaharliklar» safiga o‘tmagani haqida fikrini bildirdi.
«To‘g‘risini aytsam, bu meni zarracha ham qiziqtirmaydi. Agar Messi «Siti»ga o‘tgan taqdirda bu transfer bizga katta yordam berardi. Chunki uni futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb bilaman. Ammo klubimizga qaysi futbolchi kelishi mumkinligiga hech qachon alohida e’tibor qaratmayman. 
Jamoa tarkibida qaysi futbolchilar bo‘lsa o‘sha yigitlar bilan o‘ynaveramiz. O‘ylaymanki, bu borada tarkibimiz ancha shakllangan. Kimdir jamoamiz safiga kelsa, nimalarni yutishimiz mumkinligi haqida xayol suradigan futbolchi emasman. Futbolda doim shunday – transfer aniq amalga oshishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar reallikka o‘xshab ko‘rinadi, yakunda hech narsa bo‘lmaydi», - deya De Bryuynening so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Ma’lumot uchun, avvalroq Messi «Barselona»ni tarkib etib «Manchester Siti»ga o‘tishni istagan, ammo Kataloniya klubi bilan sudlashishni istamay jamoada qolishini bildirgandi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *