Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Arsenal» mavsumni «Fulhem» ustidan yirik g‘alaba bilan boshladi

APL. «Arsenal» mavsumni «Fulhem» ustidan yirik g‘alaba bilan boshladi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi ilk turi doirasidagi «Fulhem» - «Arsenal» uchrashuvi bilan Tumanli Albionda yangi mavsumga start berildi. 
«Krayven Kottej»da o‘tgan bahsda «to‘pchilar» liga debyutanti darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritishdi. Lyakazett mavsumning ilk goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Gabriel va Obameyang hisobni yirik ko‘rinishga olib kelishdi.
 E’tiborlisi, Villian yangi jamoasidagi debyutida uchta golga ham assistentlik qildi. 
APL. 1-tur. 12 sentyabr
Fulhem – Arsenal 0:3
Gollar: Lyakazett 9, Gabriel 49, Obameyang 57. 
Fulhem – Rodak, Brayen, Odoi, Xektor, Rim, Onoma (Bobbi Rid, 75), Kebano (Zambo-Angissa, 63), Kerni, Rid, Kavaleyru, Kamara (Mitrovich, 63).
Arsenal – Leno, Belerin, Gabriel, Xolding, Meytlend-Naylz, El-Nenni, Jaka (Sebalos, 79), Villian (Pepe, 75), Tirni, Obameyang, Lyakazett.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *