Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi yangi mavsumda ham «Barselona» sardori bo‘ladi

Messi yangi mavsumda ham «Barselona» sardori bo‘ladi

Автор: admin

«Barselona» klubining yangi mavsum oldidan sardor va vitse-sardorlari aniqlandi.
Klub rasmiy saytining yozishicha, futbolchilar tanloviga ko‘ra Messi jamoaning sardori sifatida qoladigan bo‘ldi. Serxio Buksets, Jerar Pike va Serji Roberto esa vitse-sardorga aylanishadi.
Joriy mavsum Lionel Messi uchun Kataloniya klubi tarkibidagi 17-mavsum, jamoa sardori sifatida esa 3-mavsumga aylanadi.
Buskets va Pike esa bu yil «Barsa»da 13 yilni o‘tkazishsa, Serji Roberto asosiy tarkibdagi 7-yilni o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Messi «Barselona»ni tark etishi borasidagi tortishuvlar sabab futbolchidan sardorlik maqomi olinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *