Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Bunyodkor» o‘z maydonida «Surxon»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Bunyodkor» o‘z maydonida «Surxon»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

O‘zbekiston chempionatining 14-turida «Bunyodkor» o‘z uyida «Surxon» ustidan  g‘alaba qozondi. Rasul Yo‘ldoshev va Nurillo To‘xtasinovning gollariga mehmonlardan A’zam Aliyev javob berdi.
G‘alabadan so‘ng «Bunyodkor» ochkolarini 26taga yetkazib, 5-o‘rinni egallab turibdi. Qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan  «Surxon» esa 8 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.
Superliga, 14-tur
Bunyodkor – Surxon 2:1
12 sentyabr, «Bunyodkor» stadioni
Hakamlar: Rahim Karimov, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Shuhrat Rajabov.
Gollar: Rasul Yo‘ldoshev (49), Nurillo To‘xtasinov (51) – A’zam Aliyev (76).
Amalga oshirilmagan penalti: Vladislav Nuriyev (90+6).
Bunyodkor – Abdumavlon Abduljalilov, Islom Qobilov, Davron Ergashev (Muhammadodil Qahramonov, 69), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov (Selim Nurmuradov, 69), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov (Anvar G‘ofurov, 88), Abdulla Abdullayev, Shahboz Erkinov (Vladislav Nuriyev, 69).
Surxon – Asilbek Omonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Sherzod Karimov, Aleksandr Kasyan (Muhammad Ali Abdurahmonov, 71), Nuriddin Hasanov, A’zamjon Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Behruz Shaydulov (O‘rol Choriyev, 88), Ibrohim Yo‘ldoshev (Nizom Norov, 54), Asror G‘ofurov.
Ogohlantirishlar: Nuriddin Hasanov (80), Lutfulla To‘rayev (82), Behruz Shaydulov (86), Rasul Yo‘ldoshev (90), Sanjar Qodirqulov (90+1), Abdumavlon Abdujalilov (90+3).
58   
Добавить комментарий
Ваше имя: *