Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Belarus chempionati. Jasur Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda “Shaxtyor Soligorsk” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Belarus chempionati. Jasur Yaxshiboyev gol urgan o‘yinda “Shaxtyor Soligorsk” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Автор: admin

Belarus chempionatining 23-turida Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi 12-sentabr, shanba kuni “Vitebsk”ni qabul qildi.
Uchrashuvda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limda soligorskliklar Igor Ivanovich va Darko Bodulning goli evaziga oldinga o‘tib oldi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar darvozasi yana uch bor nishonga olindi. Yuriy Kendish va Artyom Arxipovning gollaridan keyin hisob yirik ko‘rinish olgan bo‘lsa, 88-daqiqada Jasur Yaxshiboyev uchrashuvdagi beshinchi golni urdi.
Shu tariqa ochkolarini 46 taga yetkazib olgan “Shaxtyor” peshqadamlikda davom etmoqda.
Belarus Oliy Ligasi
23-tur bahsi

“Shaxtyor S” — “Vitebsk” 5:0

Gollar: 1:0 – 20 Ivanovich, 2:0 – 24 Bodul, 3:0 – 53 Kendish, 4:0 – 77 Arxipov, 5:0 – 88 Yaxshiboyev.
“Shaxtyor S”: Gutor, Begunov, Xadarkevich, Sachivko, Antich, Szoke, Kendish, Ivanovich, Yaxshiboyev, Podstrelov (Balanovich, 82), Bodul (Arxipov, 72).
“Vitebsk”: Soroko, Skitov, Klopotskiy, Chalov, Nazarenko (Gurenko, 58), Kavalkante, Baziliu, Kalenchuk, Teverov (Krasnov, 76), Silva, Matveyenko.
Ogohlantirishlar: Szoke (27), Teverov (31), Bodul (62), Vanderson (86).
89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *