Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Liverpul” hammani hayratga soladigan transferga tayyorlanmoqda

“Liverpul” hammani hayratga soladigan transferga tayyorlanmoqda

Автор: admin

U super yulduz bo‘ladi
“Liverpul” Angliya chempionligiga sazovor bo‘lganiga qaramay, premer-liganing boshqa grandlari singari katta transferlarga qo‘l urgani yo‘q. Liverpulliklar faqatgina 11 million evroga gretsiyalik himoyachi Konstantinosa Tsimikasni oldi.
Biroq, jamoa bosh murabbiy Yurgen Klopp hammani hayratga soladigan transferga tayyorlanayotganini bildirdi. Germaniyalik mutaxassis o‘z yurtida o‘ynayotgan Jovanni Reynani kelasi yozda “Liverpul”ga olib keladi.
“Borussiya”da to‘p surayotgan amerikalik futbolchi hali 18 yoshgacha to‘lmagani bois, uning transferini bu yil amalga oshirishning imkoni yo‘q. Shu bois, Klopp keyingi yil yozda dortmundliklar bilan shaxsan gaplashishni maqsad qilgan.
Jovanni o‘tgan mavsumda “Borussiya”ning asosiy tarkibidan muqim joy egalladi. U Germaniya kubogida “Verder” darvozasini ishg‘ol qilib, musobaqa tarixidagi eng yosh gol muallifi sifatida tarixga o‘z nomini yozdirdi.
Reynaga PSJ va “Sevilya” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
100   
Добавить комментарий
Ваше имя: *