
«Milan» jamoada ijarada o‘ynagan, huquqiy jihatdan «Ayntraxt»ga tegishli bo‘lgan hujumchi Ante Rebichni sotib oldi.
Tomonlar 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashdi. 26 yoshli xorvatiyalik futbolchi «rossoneri» safida 12-raqam ostida to‘p tepadi.
Rebich o‘tgan mavsumda A Seriyada 26ta o‘yin o‘tkazib, 11ta gol urgan.