Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Liverpul» Salohning xet-trigi evaziga debyutantni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

APL. «Liverpul» Salohning xet-trigi evaziga debyutantni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Автор: admin

Angliyaning amaldagi chempioni «Liverpul» mavsumning dastlabki turi doirasida uzoq yillik tanaffusdan keyin Premyer-ligaga qaytgan "Lids Yunayted" ustidan qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Lidsliklar o‘yin davomida 3 marta ortda borib, har safar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida esa hakam "Lids" darvozasi tomon penalti belgiladi. Saloh 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Misrlik futbolchi yangi mavsumni "xet-trik" bilan boshladi. "Liverpul"ning yana bir goli Virjil van Deyk hisobiga yozildi.

APL, 1-tur
Liverpul – Lids 4:3 (3:2)
Gollar: 1:0 – 4, penalti Saloh, 1:1 – 12 Xarrison, 2:1 – 20 van Deyk, 2:2 – 30 Bemford, 3:2 – 33 Saloh, 3:3 – 66 Klix, 4:3 – 88, penalti Saloh.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Matip, 89), Gomes, van Deyk, Robertson, Keyta (Fabinyo, 58), Veynaldum, Saloh, Xenderson (Djons, 66), Mane, Firmino.
Lids – MelYE, Kox, Eyling, Dallas, Streyk, Fillips, Ernandes (Roberts, 62), Klix (Sheklton, 81), Xarrison, Elder Koshta, Bemford (Rodrigo, 62).
Ogohlantirish: Firmino (76).
171   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
APL angliya chempionati APL turnir jadvali apldagi eng so'ngi yangliklar angliya chempionati
Arsenal haqidagi qaynoq yangiliklari Chelsi haqidagi qaynoq yangiliklari Liverpul haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Yunayted haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester shahri haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Sity haqidagi qaynoq yangiliklari "Tottenxem" klubi haqida malumot Angliya Super kubigi Angilya kubigi Angilya liga kubigi