Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Vidal «Inter»da?!

Taniqli jurnalist Janluka Di Marsioning ma’lum qilishicha, «Barselona» yarim himoyachisi Arturo Vidan tez kunlar ichida «Inter» futbolchisiga aylanadi.
Jurnalistning aytishicha, futbolchi allaqachon «Barselona» bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishgan. Katta ehtimol bilan, «Barselona» Vidalni «Inter»ga bepul qo‘yib yuboradi.
Manbaning ma’lum qilishicha, shu yo‘sinda Kataloniya klubi Vidalning maoshidan pul tejab qolishni niyat qilgan.
PSJ jiddiy kirishdi

Fransiyaning PSJ klubi «Inter» markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar bilan shartnoma imzolash niyatida.
CDS nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, 25 yoshli futbolchi uchun Parij klubi 60 million yevro sarf etishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, PSJ jamoani tark etib «Chelsi» safiga borib qo‘shilgan Silvaning o‘rnini slovakiyalik futbolchi bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
Kante qoladimi?

Londonning «Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Ngolo Kantening kelajagi borasida Frenk Lempard ma’lumot berdi.
“BBC RADIO” nashrining ma’lum qilishicha, «aristokratlar» murabbiyi yarim himoyachini jamoada olib qolish niyatida. Frenk o‘z shogirdiga kelasi mavsumda ham imkon berishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ngoloning «Inter»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lgan edi.
Klopp hammani hayron qoldirmoqchi

Angliyaning «Liverpul» jamoasi ustozi Yurgen Klopp transfer oynasi yopilishidan avval «Borussiya Dortmund» vingeri Jovani Reyna bilan shartnoma imzolash niyatida.
“Bild” nashrining ma’lum qilishicha, nemis murabbiyi 17 yoshli futbolchi uchun klub rahbariyatidan mablag‘ ajratilishini talab qilmoqda.
AQSHlik futbolchi hali voyaga yetmagani sababli «Liverpul» ushbu mavsumda bu transferni amalga oshira olmaydi, biroq kelasi mavsumdan boshlab Reyna «Liverpul» futbolchisiga aylanishi tobora aniqlashib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Jovanni Germaniya kubogi uchrashuvida gol kiritgan eng yosh futbolchigaaylandi.
«Yunayted» ulardan «qutilmoqchi»

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yozda bir yo‘la ikkita himoyachisi bilan xayrlashmoqchi.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, Diogo Dalot va Markus Roxo yangi mavsum oldidan Sulsherning rejalaridan o‘rin olmagan. Shu sababli, klub ushbu himoyachilarni transferga qo‘yadi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu futbolchilar transferidan «qizil iblislar» kamida 30 million yevro ishlab olishni niyat qilgan.
Zinchenko ketadimi?

Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Aleksander Zinchenko faoliyatini «Napoli»da davom ettirishi mumkin.
Bu haqida uning agenti Aleksey Prudnikov xabar tarqatmoqda.
Ukrainalik futbolchining agenti bergan ma’lumotlarga qaraganda, «Siti» Kalidu Kulibalining transfer summasini kamaytirish maqsadida Zincheko va Otamendilarni taklif etgan.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, kelasi mavsumda Zinchenko «Napoli» sharafini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ukrainalik universal futbolchi APLning 19 ta o‘yinida maydonga tushdi.
165   
Добавить комментарий
Ваше имя: *