
«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman «Ximnastik»ka (3:1) qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«O‘tkazgan mashg‘ulotlarimizda jismoniy jihatlar bo‘yicha ko‘p ishladik va bundan buyon ko‘proq taktika ustida ishlashimiz kerak.
Messi? U birinchi kundagidek ruhni ko‘rsatdi. U yaxshi mashq qilmoqda, hatto dam olish kuni mashg‘ulot o‘tkazdi. U xuddi boshqalar kabi jismoniy tomondan yaxshilanishi kerakligini bilib turibdi.
Pedri? U juda iste’dodli. Endi 17 yoshda va kelajakda muhim o‘yinchiga aylanadi. U umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Trinkau? Uning pozitsiyasini o‘zgartirishi menga yoqdi. U markazga, so‘ng qanotga o‘tdi. Bu ajoyib transfer», – deya Kumanning so‘zlarini keltiradi Marca.