Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman «Barselona» rahbariyatidan «Liverpul» hujumchisini sotib olishni so‘radi

Kuman «Barselona» rahbariyatidan «Liverpul» hujumchisini sotib olishni so‘radi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman klub rahbariyatidan «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni sotib olishni so‘radi, deb xabar beradi Daily Express.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» tarkibni kuchaytirish uchun 28 yoshli misrlik futbolchiga yaxshi taklif bilan chiqishmoqchi. Ammo kataloniyaliklar Salohning transferi uchun kerakli mablag‘ni yig‘ishi qiyin ekanligi ta’kidlanmoqda. 
Ma’lumot uchun, Saloh «Liverpul»da 2017 yildan beri o‘ynaydi. U klub bilan YeCHL, UEFA Superkubogi, klublari o‘rtasidagi jahon chempionati va APLda g‘olib bo‘lgan. U o‘tgan mavsumda Premer-ligada 34ta o‘yin o‘tkazib, 19ta gol va 10ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *