Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Mbappe «PSJ»ni tark etishi haqida klubni ogohlantirgan

Mbappe «PSJ»ni tark etishi haqida klubni ogohlantirgan

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Kilian Mbappe joriy yilgi mavsum yakunida Parij klubini tark etishi haqida jamoa rahbariyatini ogohlantirgan, deya yozadi The Times.
Manbaning xabar berishicha, fransiyalik forvard faoliyatini La Liga yoki Premer-ligada davom ettirmoqchi. Avvalroq, Mbappe 2021 yilgi yozgi transfer oynasida «Real»ga o‘tishi borasida madridliklar rahbariyati bilan og‘zaki kelishuvga erishganligi haqida xabar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, YeCHL finalidan keyin «PSJ» prezidenti Nossir Al-Helaifi Neymar va Mbappening yaqin yillarda klubni tark etmasligi haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2017 yilda «Monako»dan «Pari Sen-Jermen» safiga qo‘shilgan, hujumchining transfer narxi 145 million yevroni tashkil etgandi. Kilian bilan amaldagi shartnoma 2022 yilga qadar imzolangan.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *