Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «Real» Beyl transferi bo‘yicha «Manchester Yunayted»dan taklif kutmoqda

«Real» Beyl transferi bo‘yicha «Manchester Yunayted»dan taklif kutmoqda

Автор: admin

«Real» klubi transfer oynasi yakunigacha Garet Beyl bilan xayrlashishni istamoqda, deya yozadi Mundo Deportivo.
Manbaning xabar berishicha, futbolchining yuqori maoshi va yangi mavsumda Zidanning rejalaridan o‘rin olmayotgani sababli klub rahbariyati uelslik forvardni transfer oynasi yopilguniga qadar nisbatan pastroq narxda ham sotib yuborishga tayyor. Madrid klubi 31 yoshli hujumchiga qiziqish bildirgan «Manchester Yunayted»ning taklif yuborishini kutmoqda. O‘z o‘rnida «MYU» ham koronavirus pandemiyasi tufayli madridliklarning moliyaviy muammolarga uchragani, futbolchining yuqori maoshi va Beyl bilan klub o‘rtasidagi munosabat sovuqlashganligini inobatga olib, Garet uchun 20 million yevro taklif qilmoqchi.
Beyl 2013 yilda «Tottenhem»dan «Real»ga 100 million yevro evaziga o‘tgandi. Madridliklar bilan yana ikki yillik shartnomasi bo‘lgan futbolchining yillik maoshi 25 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli uelslik futbolchi o‘tgan mavsum La Ligada jami 16 o‘yinda maydonga tushib, bor yo‘g‘i 2ta gol kiritgan.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *