Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Konte Eriksen bilan xayrlashmoqchi, «Inter» unga xaridor topolmayapti

Konte Eriksen bilan xayrlashmoqchi, «Inter» unga xaridor topolmayapti

Автор: admin

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte yangi mavsum oldidan jamoa yarimhimoyachisi Kristian Eriksen bilan xayrlashishga tayyor, deya yozmoqda Calciomercato.
Manbaning xabar qilishicha, daniyalik xavbek Kontening yangi mavsumdagi rejalaridan joy olmagan. Futbolchi o‘z o‘yini bilan murabbiyda iliq taassurot qoldirmagan. Milan klubi rahbariyati ham haftasiga 300 ming yevro maosh oladigan yarimhimoyachini sotishga tayyor, ammo futbolchi bo‘yicha hech qanday taklif tushmagan. 
Eriksenga Rossiyaning «Zenit» klubi qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi, ammo piterliklar bu xabarni rad etishdi.
Avvalroq, «Inter» bosh murabbiyi Konte «Chelsi» yarimhimoyachisi Ngolo Kantega Eriksen va Brozovichni almashishga tayyorligi, biroq London klubi bu taklifni rad etgani haqida aytilgandi. Milanliklar safiga tez orada «Barsa» futbolchisi Arturo Vidal erkin agent sifatida qo‘shilishi kutilmoqda.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *