Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
U ketmoqchi emas

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi himoyachisi Samuyel Umtiti faoliyatini boshqa klubda davom ettirishni istamayapti.
“Mundo Deportivo” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi Kleman Langle kelgach, jamoadagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi, ammo jamoa bilan xayrlashmoqchi emas.
Manbaning ma’lum qilishicha, himoyachi yangi mavsum oldidan hech qaysi klubning taklifini ko‘rib chiqmoqchi emas.
Joau Mariu RPLda qoladimi?

Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Joa Mariu faoliyatini RPLda davom ettirishi mumkin.
Ortda qolgan mavsumni ijara asosida “Lokomativ” safida o‘tkazgan futbolchi bilan “Zenit” jiddiy qiziqib qolgan.
Sports.ru nashrining ma’lum qilishicha, “Zenit” ayni damda Joayening agenti bilan muzokaralar olib bormoqda.
Marselo ularga qimmatlik qiladi

Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Marselo “Yuventus” va “Inter” klublaridan biriga o‘tishi mumkin.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, ushbu klublar Marseloga asosiy tarkibdan o‘rin taqdim etishi mumkin, biroq yiliga 8 million yevro to‘lashga qodir emas.
Marca nashri esa, Marseloning katta moashi sababli u bilan birorta klub shartnoma imzolamoqchi emasligi haqida yozmoqda.
Alaba qoladimi?

Myunhenning “Bavariya” jamoasi himoyachisi David Alaba faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, Alaba va klub o‘rtasidagi yangi shartnoma borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Alaba yiliga 25 million yevro maosh ko‘rsatilgan 5 yillik shartnoma talab qilmoqda. Uning agenti Pini Zahava mijozi bilan shartnoma imzolanmasa, kelasi haftada Alaba erkin agent sifatida boshqa jamoaga o‘tib ketishi haqida rasman ma’lumot berdi.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *