Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lautaro "Barselona"ga o‘tmoqchi ekanligini "Inter" rahbariyatiga aytdi

Lautaro "Barselona"ga o‘tmoqchi ekanligini "Inter" rahbariyatiga aytdi

Автор: admin

Italiyaning "Inter" hujumchisi Lautaro Martines faoliyatini "Barselona" klubida davom ettirish niyatida ekanligi haqida klub rahbariyatini ogohlantirdi, deya xabar bermoqda Corriere dello Sport.
Manbaning yozishiga qaraganda, hamyurti Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynash niyatida ekanligini yashirmadi.
"Inter" Lautaroni 111 million yevroga sotishga tayyor, biroq, kataloniyaliklar bu summani to‘lab bera olmasliklarini aytdi. Shu sababli, italiyaliklar "Barselona"ning birorta futbolchi va 80-90 million yevro talab qilishi kutilmoqda.
23 yoshli Martines "Inter" safida 2018 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U jamoa tarkibida 84 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol kiritishga ulgurdi. Uning "Inter" bilan 2023 yilning yozigacha shartnomasi bor.
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *