Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Mario Mandjukich Rossiya klubi bilan kelishuvga erishdi

Mario Mandjukich Rossiya klubi bilan kelishuvga erishdi

Автор: admin

Xorvatiyalik hujumchi Mario Mandjukich Rossiya Premer-ligasida faoliyat boshlashga yaqin turibdi.
«Chempionat.com» nashrining xabar qilishicha, Moskvaning «Lokomotiv» klubi Mario Mandjukich bilan maosh masalasida kelishuvga erishgan. 34 yoshli forvard Moskva klubida yillik 2,7 million yevro maosh olishi belgilangan. 
Qayd etilishicha, hozirda klub rahbariyati futbolchining agenti bilan Mandjukichning ko‘tarma puli, turli bonuslar borasida muzokaraning yakuniy qismini o‘tkazmoqda. 
Xorvat forvardi o‘tgan mavsumda «Yuventus» safini tark etgach, qishda erkin agent sifatida Qatarning «Duhayl» klubiga o‘tgan edi. U doxaliklar bilan 2021 yilga qadar shartnoma tuzgan, 7 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan bo‘lsa-da, Qatarni erta tark etishga qaror qilgan. 
Mario Mandjukich faoliyati davomida «Volfsburg», «Bavariya», «Atletiko», «Yuventus» klublari safida to‘p surgan. Xorvatiya milliy jamoasida ham 89 o‘yinda 33ta golga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinov ham yozgi transfer oynasida «Lokomotiv» klubiga o‘tgandi.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *