Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Pirlo: «Yuventus»ga tezroq yangi hujumchi kerak»

Pirlo: «Yuventus»ga tezroq yangi hujumchi kerak»

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo «Novara»ga (5:0) qarshi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Turli variantlarni sinab ko‘rayapmiz. Birinchi bo‘limda to‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynadik, keyin esa uch kishi bilan harakatlandik. Jamoada futbolchilar yangicha ishlashga moslashmoqda, mashg‘ulotlar quvnoq o‘tayapti.
Transferlar? Menga tezroq yangi hujumchi kerak. Transfer oynasida oktyabrga qadar vaqtimiz bor, «Yuve» hujum chizig‘ini kuchaytirishi lozim.
Muxlislarning hech bo‘lmaganda ma’lum bir qismini stadionga kiritilishiga hali ham umid qilayapmiz. Bu o‘zgarish faqat Italiya futboli uchun emas, butun Yevropaga kerak.
Ronaldu? U doimgidek yaxshi harakat qilmoqda. Buni bugun ham, milliy jamoasi safidagi o‘yinida ham namoyish etgandi», - deya Pirloning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.
Avvalroq «Yuventus» argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain bilan xayrlashgan, uning o‘rniga «Barselona»ni tark etishi kutilayotgan Luis Suaresni taklif etishni rejalashtirayotgan edi.
95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *