Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Liga 1. 5 o‘yinchi chetlatilgan bahsda «PSJ» azaliy raqibiga yutqazdi va 18-o‘ringa tushib ketdi

Liga 1. 5 o‘yinchi chetlatilgan bahsda «PSJ» azaliy raqibiga yutqazdi va 18-o‘ringa tushib ketdi

Автор: admin

Fransiya chempionatining 3-turida «PSJ» azaliy raqibi «Marsel»ni qabul qilib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Tovenning goli marselliklarga 3 ochko keltirdi.
E’tiborlisi, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda parijliklarning 3, mehmonlarning 2 o‘yinchisi qizil kartochka oldi.
G‘alabadan so‘ng «Marsel» ochkolarini 6taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. Qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan «PSJ» esa ochkosiz holda 18-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, ikkala jamoa zaxirasida ham bittadan o‘yin bor.
Liga 1, 3-tur
PSJ – Marsel 0:1
13 sentyabr, «Park de Prens»
Gol: Toven (31).
PSJ – Riko, Florensi (Dagba, 84), Kimpembe, Bernat (Kurzava, 84), Kerer, Idrissa Guye, Verratti (Paredes, 72), Di Mariya, Errera (Draksler, 61), Sarabiya, Neymar. 
Marsel – Mandanda, Chaleta-Sar, Sakai, Alvaro Gonsales, Kamara, Payet (Radonich, 77), Pape Guye (Benedetto, 58), Lopes (Strotman, 68), Ronje, Toven (Jermen, 77), Amavi.
Ogohlantirishlar: Sakai (7), Payet (11), Neymar (11), Florensi (13), Pape Guye (38), Alvaro Gonsales (50), Bernat (52), Lopes (61), Benedetto (71), Paredes (72), Di Mariya (74), Strotman (90+1).
Chetlatishlar: Amavi (90+7), Kurzava (90+7), Benedetto (90+8), Paredes (90+8), Neymar (90+9).
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *