
Ispaniya chempionatining 1-turida «Valensiya» derbida «Levante»ni qabul qilib, hisobda ikki bor ortda qolayotganiga qaramay yakunda g‘alabani ilib ketdi. Moralesning dubliga mezbonlardan Paulista, Gomes va zaxiradan maydonga tushgan Valexo (2ta) javob berishdi.
La Liga, 1-tur
Valensiya – Levante 4:213 sentyabr, «Mestalya»
Gollar: Paulista (12), Maksi Gomes (39), Manu Valexo (75, 90+4) – Morales (1, 36).
Valensiya – Domenek, Mangalya (Diakabi, 17), Paulista, Gayya, Vass, Gedesh (Cherishev, 71), Kondogbia, Eskerdo (Rachich, 72), Musa (Sobrino, 88), Li Kan In (Manu Valexo, 72), Maksi Gomes.
Levante – Fernandes, Duarte (Koke, 85), Rober, Miramon, Klerk, Radoya (Postigo, 85), Melero (Vukchevich, 76), Kampaniya, Bardi (de Frutos, 76), Leon (Dani Gomes, 60), Morales.
Ogohlantirishlar: Radoya (52), Rober (63), Rachich (89).