Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Neymar «Marsel» o‘yinchisi Gonsalesni irqchilikda aybladi, himoyachi esa ayblovni inkor qilmoqda

Neymar «Marsel» o‘yinchisi Gonsalesni irqchilikda aybladi, himoyachi esa ayblovni inkor qilmoqda

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Neymar «Marsel» himoyachisi Alvaro Gonsalesni irqchilikda aybladi, deb yozadi Get French Football News.
Xabar qilinishicha, Alvaro «PSJ» a’zolaridan biriga «og‘zingni yum, iflos maymun» degan. Ammo ushbu gap Neymarga qaratilganmi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Mojaro shundan boshlandi. Neymar uning boshiga zarba berdi va bu harakati uchun qizil kartochka oldi. Braziliyalik vinger maydondan chiqib ketayotganida zaxira hakamiga ispaniyalik futbolchi uni irqchilikda ayblaganini aytdi.
Gonsales o‘yindan so‘ng «tvitter»dagi sahifasida bunga javob berdi: «Irqchilikka o‘rin yo‘q. Ba’zan mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganish kerak. Ajoyib 3 ochko», – deb yozadi Alvaro.
Ma’lumot uchun, Parij klubi Liga 1da qatorasiga ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *