Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Anchelotti: «Xamesning jismoniy holatidan tashvishlanganimda, uni emas, Useyn Boltni sotib olgan bo‘lardim»

Anchelotti: «Xamesning jismoniy holatidan tashvishlanganimda, uni emas, Useyn Boltni sotib olgan bo‘lardim»

Автор: admin

«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APLning 1-turidan o‘rin olgan «Tottenhem»ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Qanday o‘ynashni biladigan futbolchilarga moslashish uchun ko‘p vaqt kerakmas. Xames nima qilish kerakligini biladi, Allan va Dukure ham.
Ularga «O‘z darajanglarni ko‘rsatinglar», dedim. Yarimhimoyada bizda yaxshi kombinatsiya mavjud edi. O‘tgan mavsumda bizda to‘pga yaxshi egalik qiladigan futbolchilar bor edi, ammo to‘psiz ham o‘ynashni bilish kerak.

Xames dunyodagi eng tezkor futbolchi emas, lekin yuqori sifatli o‘yinchi. U o‘zini ko‘rsatishi uchun uni ishlatishimiz kerak. U vinger emas, orqaroqdan ham to‘pni egallashi mumkin. U juda xavfli.
Xamesning jismoniy holatidan tashvishlanmayman. Agar xavotirlanganimda, uni emas, Useyn Boltni sotib olgan bo‘lardim», – deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Goal.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
APL angliya chempionati APL turnir jadvali apldagi eng so'ngi yangliklar angliya chempionati
Arsenal haqidagi qaynoq yangiliklari Chelsi haqidagi qaynoq yangiliklari Liverpul haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Yunayted haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester shahri haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Sity haqidagi qaynoq yangiliklari "Tottenxem" klubi haqida malumot Angliya Super kubigi Angilya kubigi Angilya liga kubigi