Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Neymar «Marsel» himoyachisi bilan to‘qnashuv haqida: «U yaramasning yuziga urmaganimdan afsusdaman»

Neymar «Marsel» himoyachisi bilan to‘qnashuv haqida: «U yaramasning yuziga urmaganimdan afsusdaman»

Автор: admin

«PSJ»ning braziliyalik hujumchisi Neymar Fransiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan «Marsel»ga (0:1 qarshi o‘yinda raqibning ispaniyalik futbolchisi Alvaro Gonsales bilan to‘qnashuv haqida fikr bildirdi.
«Men u yaramasning yuziga urmaganimdan afsuslanaman. VAR mening «tajovuzkorligimni» osongina payqadi. Va endi ular meni «maymun» deb atashgan daqiqalarni ko‘rishlarini istardim», – deb yozadi Neymar o‘zining «tvitter»dagi sahifasida.
Ma’lum bo‘lishicha, Alvaro «PSJ» a’zolaridan biriga «og‘zingni yum, iflos maymun» degan. Ammo ushbu gap Neymarga qaratilganmi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Mojaro shundan boshlandi. Neymar uning boshiga zarba berdi va bu harakati uchun qizil kartochka oldi.
100   
Добавить комментарий
Ваше имя: *