Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Li Kan In bir ko‘rsatkich bo‘yicha La Ligada XXI asrdagi eng yaxshi natijani qayd etdi

Li Kan In bir ko‘rsatkich bo‘yicha La Ligada XXI asrdagi eng yaxshi natijani qayd etdi

Автор: admin

«Valensiya»ning janubiy koreyalik yarimhimoyachisi Li Kan In XXI asrda La Ligada 1 o‘yinda 2ta golga assistentlik qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.
19 yosh-u 207 kunlik futbolchi Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Levante» (4:2) bilan o‘yinda 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Bundan avvalgi rekord «Valensiya»ning sobiq xavbeki Xuan Mataga tegishli edi. U 2008 yil 20 yosh-u 150 kunligida 1 o‘yinda 2 golga hammualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, Li Kan In «Valensiya» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U o‘tgan mavsumda Primerada 17ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.
82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *