Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard Kloppning transferlar borasidagi gaplariga javob qaytardi

Lempard Kloppning transferlar borasidagi gaplariga javob qaytardi

Автор: admin

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard «Liverpul» ustozi Yurgen Kloppning transferlar haqidagi gaplariga javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik mutaxassis «Liverpul» transferlar bozorida o‘zini «Chelsi»dek tuta olmasligi, jamoa oligarxlar qo‘lida emasligini aytgandi.
«Siz «Liverpul» futbolchilari – van Deyk, Alisson, Fabino, Keyta, Salohga qarashingiz mumkin. Ular – juda yuqori narxga ega aql bovar qilmaydigan futbolchilar. «Liverpul» ularni ma’lum muddat ichida sotib oldi. Biz esa transferlarni taqiqdan keyin qildik va tarkibni kuchaytirib, vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qilyapmiz. 
«Liverpul» yuqori saviyada ekanligini, ularda ajoyib futbolchilar borligini bilamiz. Mersisaydliklarning aqlli harakati shundaki, ular bir necha yildan buyon o‘z murabbiylariga va tizimlariga ishonishgan. Bu – ajoyib tarix, lekin yangi futbolchilarga pul sarflashgani ham haqiqat», – deya Lempardning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *