Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Villash-Boash Tuxelga: «Atalanta» bilan o‘yindan avval lotoreya o‘ynaganmiding?»

Villash-Boash Tuxelga: «Atalanta» bilan o‘yindan avval lotoreya o‘ynaganmiding?»

Автор: admin

«Marsel» bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan «PSJ»ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng raqib murabbiyi Tomas Tuxel bilan suhbati haqida gapirdi.
«Tuxel menga o‘girilib, «Sen lotoreya o‘ynashing kerak», dedi. Men «Sen «Atalanta» bilan o‘yindan oldin lotoreya o‘ynaganmiding?», deb javob berdim. Ammo uni juda hurmat qilaman», – deya Villash-Boashning so‘zlarini keltiradi AS.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» o‘tgan mavsumda ECHL chorak finalida «Atalanta» (2:1) bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda 2ta gol urib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis bahs oxiridagi janjal haqida ham fikr bildirdi.
«Nima bo‘lganini bilmayman. Bu irqchilik emasligiga umid qilaman. Futbolda irqchilikka o‘rin yo‘q. Agar bu haqiqatan ham sodir bo‘lgan bo‘lsa, bu – jiddiy xato. Bungacha Di Mariyaning tupurishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘ldi. Futbol olamida bunday holatlardan qochish kerak. Umid qilamanki, bu tarixiy spektaklda qora nuqta bo‘lmaydi», – deydi murabbiy.
Ma’lumot uchun, o‘yin yakunida «PSJ» vingeri Neymar va «Marsel» himoyachisi Alvaro Gonsales o‘rtasidagi tortishuv jamoaviy janjalga aylanib ketdi va 5 futbolchi maydondan chetlatildi.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *