Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » PSJ Fransiya chempionatida 42 yillik antirekordini takrorladi

PSJ Fransiya chempionatida 42 yillik antirekordini takrorladi

Автор: admin

PSJ Fransiya chempionatining 3-turi doirasida 13-sentabr, yakshanba kuni o‘tkazilgan “Marsel”ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.
Qayd etish joiz, Parij klubining Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab 1-tur uchrashuvi 16-sentabrga qoldirilgan.
Jamoa 2-tur bahsida esa “Lans” maydoniga safar qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Opta’ning yozishicha, PSJ 42 yil ichida ilk marta Fransiya chempionatining dastlabki ikki o‘yinida gol ura olmagan. Parijliklar oxirgi marta 1978/79-yilgi mavsumda shunday muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi sabab muddatidan oldin yakunlangan 2019/20-yilgi mavsumda PSJ chempionga aylangandi.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *