Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Torreyra qimmatlashdi!

Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Lukas Torreyra borasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligi haqida avvalroq xabar bergan edik.
“Tuttosport” nashrining ma’lum qilishicha, «to‘pchilar» urugvaylik futbolchi uchun 22 million funtni qo‘lga kiritmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Lukas uchun asosiy da’vogarlar qatorida «Fiorentina» va «Torino» klublari mavjud.
«Manchester Yunayted» himoyachi izlamoqda

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi himoya chizig‘ini kuchaytirib olish maqsadida.
AS nashrining ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» «Portu» klubi futbolchisi Aleks Tellas bilan qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Tellas «ajdarlar» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va boshqa klubga o‘tish istagida. Shu sababli, «Portu» himoyachining transfer summasini 30 milliondan 20 millionga kamaytirishga majbur bo‘lmoqda.
“Aston Villa” transferga yaqin

Angliyaning “Aston Villa” jamoasi tez orada «Lion» vingeri Bertran Traore bilan shartnoma imzolaydi.
«Sky Sport»ning ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi hafta so‘nggiga qadar Birmingemga yetib keladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Manba tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, ushbu transfer “Aston Villa” klubiga 17 million yevroga tushadi.
«Liverpul» Tyagodan voz kechadimi?

Angliyaning «Liverpul» klubi «Bavariya» yarim himoyachisi Tyago Alkantaraning transferidan voz kechishi mumkin.
“Kicker" nashrining ma’lum qilishicha, Yurgen Klopp 30 million yevro sarf etib ispan futbolchisini sotib olishdan ko‘ra, ijaradagi Marko Gruyichni ortga qaytarishni afzal ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, serbiyalik futbolchi ayni damda «Gerta» sharafini himoya qilmoqda. 51 ta o‘yinda maydonga tushgan Marko o‘z hisobiga 10 ta gol yozib qo‘ygan.
Deklan Rays «Chelsi»da?!

Londonning «Vest Hem» klubi Dekal Raysning transfer summasini rasman e’lon qildi.
Jurnalist Nikola Skirining aytishicha, «bolg‘achilar» o‘z futbolchisining transferidan 80 million yevro ishlab olish niyatida.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Vest Hem» «Chelsi»ning bundan avvalgi taklifini rad etgan.
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *