Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Real" Beylga juda arzon narx belgiladi!

"Real" Beylga juda arzon narx belgiladi!

Автор: admin

Madridning "Real" klubi vinger Garet Beylni 20 million yevro evaziga sotishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
2013 yilning yozida taxminan 100 million yevroga sotib olingan uelslik futbolchining «Real» bilan yana ikki yillik shartnomasi bor, ammo u klub rejalariga kiritilmagan. "Qaymoqranglilar" futbolchining katta maoshini tejash uchun uni sotmoqchi.
"Manchester Yunayted" futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo mankunianliklarni Beylning katta maoshi xavotirga solmoqda.
O‘tgan mavsumda Beyl "Real" tarkibida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: sport24.ru
99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *