Goal24.uz » Transfer » Lautaro «Real»ga o‘tadimi?

Lautaro «Real»ga o‘tadimi?

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
«Monako»dan o‘zgacha yurish

Fransiyaaning «Monako» klubi «Sporting» yarim himoyachisi – Vadel Vel bilan qiziqib qoldi.
Record nashrining ma’lum qilishicha, fransuz klubi 23 yoshli futbolchining transferi uchun 25 million yevrodan voz kechishga tayyor.
Braziliya yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘plab mutaxassislar e’tiboriga tushgan futbolchi bilan shuningdek «Napoli» ham jiddiy qiziqib qolgan.
Lautaro «Real»ga o‘tadimi?

Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines mavsumni «Inter» klubida davom ettiradi.
Taniqli jurnalist Fabriso Romanoning aytishicha, «ko‘k-qoralar» argentinalik futbolchi borasida «Real»dan hech qanday taklif olmagan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha soat avvalroq Sport Mediaset nashri «Real»ning Lautaro bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida ma’lumot bergan edi.
“Arsenal” darvozabon izlamoqda

Londoning “Arsenal” jamoasi Emilio Martinesning o‘rnini to‘ldirishga qodir yangi zaxira darvozaboni izlamoqda.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, «koninirlar» «Dijon» kipperi Runar Runarsson bilan jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, agar Martines klubni tark etsa, uning o‘rnini islandiyalik posbon egallaydi.
«Tottenhem» hujumchi izlamoqda

Angliyaning «Tottenhem» klubi «Sautgempton» hujumchisi Denni Ingz bilan jiddiy qiziqib qoldi.
Fernando Lyorente klubni tark etgach, Joze Mourinyo qo‘l ostida yagona markaziy hujumchi (Harri Keyn) qoldi.
"Football London" nashrining ma’lum qilishicha, Ingzdan tashqari, «Shporlar» Karlos Vinicius, Arkadiush Milik, Xabib Diallo va Patson Dakalar bilan muzokara olib bormoqda.
Alaba qoladimi?

Ayni damda Myunhenning «Bavariya» klubi bilan muzokaralar olib borayotgan David Alabaning kelajagi borasida jamoa direktori Uli Xeness o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Sport11" nashrining ma’lum qilishicha, jamoa faxri Alabaning klubda qolishi borasida hech qanday muammo yo‘q, biroq uning agenti klubdan yiliga 25 million yevro maosh ko‘rsatilgan 5 yillik shartnomani mijozi uchun undirib bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Alaba va «Bavariya» o‘rtasidagi shartnoma 2021 yilda o‘z yakuniga yetadi. Agar, Myunhen klubi yangi shartnoma borasida kelishuvga erishmasa, katta ehtimol bilan Davidni kelasi mavsumda qo‘ldan chiqarib yuborishi mumkin.
157   
Добавить комментарий
Ваше имя: *