Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona" Suaresning tezroq ketishini istamoqda

"Barselona" Suaresning tezroq ketishini istamoqda

Автор: admin

"Barselona" hujumchi Luis Suaresning qisqa vaqt ichida jamoani tark etishini istamoqda, deya xabar beradi Sport.es.
Futbolchi "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomani hech qanday to‘lovsiz bekor qilmoqchi emas, ammo jamoada qolgan taqdirda, 2020/21 yilgi mavsumni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazish xavfi bor. Urugvaylik futbolchiga "Yuventus" qiziqmoqda, ammo transfer muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.
Oldinroq "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman 33 yoshli futbolchini jamoaning umumiy guruhida mashg‘ulotlarga qo‘ymasligi, shuning uchun futbolchi klubni tark etishi haqida xabar berilgandi.
Suares "Barselona"dan klubni muddatidan avval tark etishi uchun 15 million yevro to‘lashni talab qilmoqda.
Manba: soccernews.ru
82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *