Goal24.uz » Yevropa jamoalari » 2020-yilda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi. Messi Ronalduni ortda qoldirdi

2020-yilda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi. Messi Ronalduni ortda qoldirdi

Автор: admin

Forbes jurnali 2020-yilda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.
Reytingni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi boshqarib bormoqda. Argentinalik futbolchining yillik daromadi 126 million dollarni (shundan 92 millioni maosh) tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rindan 117 million dollar daromad topgan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy oldi. Kuchli uchlikni PSJ forvardi Neymar (96 million dollar) yakunlab bergan.
Avvalroq Ronaldu faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida ilk milliarderga aylangandi. Yaqin orada Messi ham milliardlik dovondan o‘tishi aytilmoqda.
Yil davomida eng ko‘p daromad qilgan futbolchilar o‘nlik reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Lionel Messi (“Barselona”, 126 million dollar)
2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, 117 mln)
3. Neymar (PSJ, 96 mln)
4. Kilian Mbappe (“PSJ”, 42 mln)
5. Muhammad Saloh (“Liverpul”, 37 mln)
6. Pol Pogba (“Manchester Yunayted”, 34 mln)
7. Antuan Grizmann (“Barselona”, 33 mln)
8. Garet Beyl (“Real”, 29 mln)
9. Robert Levandovski (“Bavariya”, 28 mln)
10. David de Xea (“Manchester Yunayted”, 27 mln).
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *