Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Germaniya Kubogi. «Borussiya» D safarda «Duysburg»ni tor-mor etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Germaniya Kubogi. «Borussiya» D safarda «Duysburg»ni tor-mor etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Автор: admin

Germaniya Kubogining 1/32 finalida «Borussiya» D safarda uchinchi liga vakili «Duysburg» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi va 1/16 finalga yo‘l oldi. Dortmundliklarning gollariga Sancho, Bellinghem, Azar, Reyna va Roys mualliflik qilishdi.
Germaniya Kubogi, 1/32 final
Duysburg – Borussiya D 0:5
14 sentyabr, «MSV-Arena»
Gollar: Sancho (14, penalti), Bellinghem (30), Torgan Azar (39), Reyna (50), Roys (58).
Duysburg – Vaynkauf, Zauer, Gembalis, Folkmer, Ziker (Flekshtayn, 84), Engin (Krempitski, 77), Kamavuaka, Ssepanik (Gindovyan, 65), Bretschneider, Vermey (Ademi, 46), Karveyna (Yansen, 46). 
Borussiya D – Hits, Myone (Pishchek, 57), Akanji, Hummels, Reyna (Brandt, 57), Jan, Sancho (Reyner, 64), Vitsel, Bellinghem (Dileyni, 46), Torgan Azar, Holand (Roys, 57).
Ogohlantirishlar: Bellinghem (21), Karveyna (25), Vitsel (26), Azar (48).
Chetlatish: Folkmer (38).
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *