Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Edin Jeko «Yuventus»ga o‘tishga yaqin turibdi

Edin Jeko «Yuventus»ga o‘tishga yaqin turibdi

Автор: admin

"Roma" hujumchisi Edin Jeko "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano Twitter orqali xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, "Napoli" forvardi Arkadiush Milik "Roma"ga o‘tsagina, Jekoning transferi amalga oshadi. Rimliklar polshalik futbolchini 25 million yevroga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishishdi, ammo "bo‘rilar" hali futbolchining roziligiga erishishi kerak. Ma’lumotlarga qaraganda, "Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo uchun Jekoni qo‘lga kiritish asosiy maqsad bo‘lib turibdi.

34 yoshli futbolchi 2016 yildan buyon "Roma" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu paytgacha u barcha musobaqalar doirasida 222ta uchrashuvda maydonga tushib, 106ta gol urdi va 50ta golga uzatma berdi. Uning rimliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manba: soccernews.ru
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *