
«Sporting» himoyachisi Markos Akunya faoliyatini «Sevilya»da davom ettiradi. Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti ma’lum qildi.
28 yoshli argentinalik yangi jamoasi bilan 4 yillik bitim imzoladi. Xabar qilinishicha, Andalusiya klubi futbolchi uchun 10 mln yevro to‘ladi, bu qiymat bonuslar hisobiga 12 mlnga ham yetishi mumkin.
![]()
Akunya so‘nggi uch yil davomida «Sporting»da harakat qildi. U o‘tgan mavsumda Portugaliya chempionatida 24ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.