Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard Verner va Haversning «Chelsi»dagi debyutiga baho berdi

Lempard Verner va Haversning «Chelsi»dagi debyutiga baho berdi

Автор: admin

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard APLning 1-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng jamoaning yangi futbolchilari – hujumchi Timo Verner va yarimhimoyachi Kay Haversning debyuti haqida gapirdi.
«Menga Haversning o‘yini yoqdi. Uning harakatlarida sifat va xotirjamlik ko‘rinmoqda. Uning yelkasida katta mas’uliyat yuki bor. U yosh va yangi ligaga moslashmoqda. O‘ylaymanki, yaqin kelajakda undan ko‘p narsalar kutamiz. U – juda iste’dodli yosh futbolchi. Kay ilk o‘yinidayoq to‘pni qabul qilish va uni qaytarish uchun himoyaga qaytish mahoratini namoyish etdi. 
Vernerga kelsak, men uning turli xil rollarda o‘zini qulay his qilishini yaxshi ko‘raman. U markaziy himoyachilarga bog‘lanib qolgan klassik markaziy hujumchi emas. Ba’zan Timo orqaroqdan o‘ynashi mumkin, buni penalti ishlangan vaziyatda ham ko‘rdik. Uning gollarga ochligini, bizga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan jihatlarini ko‘rdik», – dey Lempardning so‘zlarini keltiradi Metro.
96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *