Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Toby Alderweireld «Tottenhem» bilan shartnomasini uzaytirdi.

Toby Alderweireld «Tottenhem» bilan shartnomasini uzaytirdi.

Автор: admin

«Tottenhem» himoyachisi Tobi Alderveyreld londonliklar bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
30 yoshli belgiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma muddati 2023 yilgacha imzolangan. Kelishuvning yangi shartlari ochiqlanmadi.
Ma’lumot uchun, Alderveyreld «Tottenhem»ga 2015 yilning yozida «Atletiko»dan kelib qo‘shilgandi. O‘tgan yillar davomida Tobi «Tottenhem» safida barcha turnirlarda 179ta o‘yinda maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino «Manchester Yunayted»dagi faoliyati davomida klub rahbariyatidan «Tottenhem» himoyachisi Tobi Alderveyreldni xarid qilishni so‘raganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
188   
Добавить комментарий
Ваше имя: *