Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA Superkubogi doirasidagi «Bavariya» - «Sevilya» uchrashuvini angliyalik hakamlar boshqaradi

UEFA Superkubogi doirasidagi «Bavariya» - «Sevilya» uchrashuvini angliyalik hakamlar boshqaradi

Автор: admin

UEFA Hakamlar qo‘mitasi Yevropa Superkubogi doirasida 24 sentyabr kuni o‘tkaziladigan «Bavariya» va «Sevilya» o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘yinni angliyalik referi Entoni Teylor boshqarib boradi. Teylorga qanotlarda Geri Besuik (Angliya) va Adam Nanni (Angliya) yordam berib borsa, zaxiradagi hakam isroillik Orel Grinfeld.
Ushbu uchrashuv 24 sentyabr, payshanba kuni Vengriya poytaxti Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan. O‘yin 23:55da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, YeCHL finalida «Bavariya» «PSJ»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqqan bo‘lsa, Yevropa ligasi finalida «Sevilya» — «Inter»dan 3:2 hisobida ustun kelgandi.
83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *