Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Beyl «Real»da qolish qarorini o‘zgartirdi

Beyl «Real»da qolish qarorini o‘zgartirdi

Автор: admin

Madridning «Real» klubi hujumchisi Garet Beyl klubdagi kelajagi borasida qarorini o‘zgartirdi, deya yozmoqda Goal.com.
Manbaning Cadena Ser’ga tayanib tarqatgan xabariga ko‘ra, 31 yoshli uelslik forvard Madrid klubida zaxirada o‘tirishdan ko‘ra, boshqa klubda muntazam ravishda maydonda to‘p surishni istamoqda. Shu bois u Madrid klubini tark etishi mumkin.
Garetning moliyaviy shartlarini bajara oladigan klub va asosiy da’vogar sifatida «Manchester Yunayted» aytilmoqda. Madrid klubi ham futbolchisi bo‘yicha «MYU»dan taklif kutmoqda. 
«Manchester Yunayted» «Borussiya» futbolchisi Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmasa, Beylga taklif bilan chiqmoqchi. Bungacha Dortmund klubi Sanchoga 120 million yevro to‘lanmasa, Jeydonni qo‘yib yubormoqchi emasligini bildirgandi.
Avvalroq, Beyl zaxirada qolsa-da, amaldagi shartnomasi yakuni - 2022 yilga qadar «Real»da qolmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey