Goal24.uz » Transfer » «Real»ning yana ikki futbolchisi Angliyaga yo‘l olishi mumkin. So‘nggi transfer xabarlari

«Real»ning yana ikki futbolchisi Angliyaga yo‘l olishi mumkin. So‘nggi transfer xabarlari

Автор: admin

«Manchester Yunayted» «Borussiya»ning qaysarligidan zerikkan ko‘rinadi, Санчоning o‘rniga boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. The Telegraph nashri yozishicha, manchesterliklar yana Ivan Perishich transferiga qiziqib qolishgan. Ikki yil oldin Joze Mourino xorvatiyalik futbolchini «Old Trafford»ga olib kelishga besamar uringandi. Ammo Perishich ko‘proq chap qanotda to‘p surishini e’tiborga olsak, Garet Beyl ijaraga olinishi varianti ham haqiqatga yaqinroq. Marca xabariga qaraganda, Beyl Manchesterga borishga rozi bo‘lgan. Kelishuv amalga oshsa, «Real» uelslik yarimhimoyachining haftasiga 600 ming yevrodan iborat maoshining yarmini to‘lab yuradi.

Manbaning yozishicha, «Real» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi muzokaralar faqat Garet Beyl bilan cheklanmagan. Shuningdek, chap qanot himoyachisi Regilon ham Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. «Real» futbolchi uchun 30 million yevro olmoqchi, shu bilan birga, belgilangan summaga qayta sotib olish bandini ham shartnomaga qo‘shmoqchi. Inglizlar esa, transfer summasi kamaytirilishi va yuqorida tilga olingan band olib tashlanishini istashmoqda. O‘tgan mavsumda «Sevilya»da ijara asosida o‘ynagan chap qanot himoyachisi Madridda asosiy tarkibga kira olishiga ko‘zi yetmayapti. Unga «Tottenhem» klubidan ham jiddiy qiziqish mavjud.
«Inter» Fernando Льорентеni sotib olmoqchi, deb yozadi Tuttosport. Ispaniyalik tajribali hujumchi Romelu Lukakuni rotatsiya qilish uchun nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Avvalroq, Olive Jiru varianti haqida ham xabarlar tarqalgandi, ammo bu xabarlar tasdiqlanmadi.
«Chelsi» yarimhimoyachisi Denni Drinkuoter faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. 30 yoshli futbolchini «Sampdoriya» murabbiyi Klaudio Raneri o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Ma’lumki, ushbu mutaxassis va futbolchi o‘z vaqtida «Lester«»ni birgalikda chempion qilishgandi. Denni o‘tgan mavsumni «Byornli» va «Aston Villa» klublari safida ijarada o‘tkazdi va hammasi bo‘lib 5 o‘yinda maydonga tushdi, xolos. «Chelsi» yarimhimoyaga shundoq ham yangi futbolchilar sotib olgani futbolchining maydonga tushish imkoniyatini yanada pasaytirgan.
Corriere dello Sport manbasining ma’lum qilishicha, «Milan» hujumkor yarimhimoyachisi Lukas Пакетаni ushbu tranfer oynasi davomida sotib yuborish niyatida. Futbolchiga asosiy da’vogar sifatida «Lion» ko‘rilayotgandi, lekin fransuzlar «Milan»ning 23 million yevrolik talabini qondira olmaydigan ko‘rinadi. 23 yoshli futbolchiga shuningdek, «Betis» va «Valensiya» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

«Tottenhem» Aleksandr Serlot uchun kurashda «RB Leypsig»ni dog‘da qoldirishga harakat qilib ko‘radi. The Times manbasining aytishicha, Mourino «Trabzonspor»da to‘p surayotgan 24 yoshli hujumchini Harri Keynga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Norvegiyalik futbolchining transfer huquqi «Kristal Pelas»ga tegishli, lekin turklar uni yaqin kunlarda sotib olishni mo‘ljallashgan.
«Uotford» vingeri Jerar Deulofeu «Napoli» a’zosiga aylanishi mumkin, deb yozadi mashhur futbol insayderi Nikolo Shira. Neapolliklar ispaniyalik futbolchini keyinchalik 13 million yevroga sotib olish huquqi bilan birga, ijaraga olmoqchi. Aslida «Barselona» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 26 yoshli Deulofeuning hozirgi 3,5 million yevro yillik maoshi saqlanib qoladi. Shuningdek, Jerarga «Sevilya» ham e’tibor qaratgan.
«Everton» va «Tottenhem» klublari «Bayer» vingeri Leon Beyli uchun raqobatga kirishadi. Bu haqida Sky Sports xabar tarqatdi. Shu yozda Havers va Follandni sotgan «Bayer» tabiiyki, yana bir yetakchi futbolchisini qo‘yib yuborish niyatida emas, ammo nemislar yaxshiroq taklif bo‘lsa, eshitib ko‘rishga ham qarshi bo‘lishmaydi. O‘tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi Bundesligada 22 o‘yinda maydonga tushdi va 5 gol urib, 3 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi.
Niderlandiyaning De Telegraaf nashrida yozilishicha, Вейналдумning «Barselona»ga o‘tishi amalga oshmaydigan ko‘rinadi. O‘tgan hafta futbolchi Yurgen Klopp bilan suhbatlashib oldi va yaqinda «Liverpul»dan yangi shartnoma taklif qilinishi ma’lum bo‘ldi.

Fabritsio Romanoning yozishicha, «Roma» Arkadiush Milik borasida «Napoli» bilan kelishuvga erishdi. Transfer summasi bonuslar bilan birgalikda 25 million yevroni tashkil qiladi. Agar ushbu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, «Roma» Edin Жекоni Turinga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi mumkin. «Yuventus» bosniyalik hujumchini qo‘lga kiritishga anchadan beri harakat qilmoqda.
«Valensiya» bo‘yicha ishonchli insayder Ektor Gomesning xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» ispanlarning 22 yoshli markaziy himoyachisi Urosh Рачичga e’tibor qaratgan. Futbolchi «MYU»da Nemanya Matichga o‘rinbosar sifatida qaralmoqda. Uroshning taxminiy transfer summasi 30 million yevroni tashkil qiladi, ammo hali inglizlar tarafidan rasmiy taklif yuborilgancha yo‘q. Moliyaviy inqiroz tufayli bir qator yetakchi futbolchilarini sotishga majbur bo‘lgan valensiyaliklar navbatdagi taklif oldida ham ojiz qolishlari ehtimoli yuqori.

«Roma» «Verona» bilan markaziy himoyachi Marash Kumbula borasida kelishuvga erishishga yaqin, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia. Aynan mana shu qiziqish natijasida rimliklar Kris Smolling bo‘yicha «MYU» bilan muzokaralarni to‘xtatdi. 25 yoshli Kumbulaning narxi 25 million yevro atrofida baholanmoqda. Albaniyalik ushbu futbolchi bilan «Inter» ham qiziqayotgandi.
Shuningdek, «Roma» o‘z markaziy himoyachisi Juan Jezusning «Jenoa»ga o‘tishiga rozilik bergan. Klublar transferning so‘ngi detallarini kelishish arafasida turishibdi. O‘tgan mavsumni 29 yoshli Jezus asosan jarohat bilan o‘tkazgan va A Seriyada atigi 5 o‘yinda maydonga tushgandi. 
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *