Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. “Nasaf” Bobur Abduxoliqovning yagona goli evaziga “Andijon”ni taslim etdi

Superliga. “Nasaf” Bobur Abduxoliqovning yagona goli evaziga “Andijon”ni taslim etdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 15-turida “Nasaf” 15-sentabr, seshanba kuni “Andijon” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Bobur Abduxoliqov qarshiliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi va “Nasaf”ga g‘alaba keltirdi.
“Nasaf” mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 29 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Andijon” (6) esa so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari keyingi turda “Surxon”ni mehmon qilsa, “Andijon” vodiy derbisida “Navbahor” bilan kuch sinashadi.
Coca-Cola Superliga
15-tur bahsi
15-sentabr, seshanba

“Andijon” — “Nasaf” 0:1

Gol: 0:1 – 25 Bobur Abduxoliqov.
“Andijon”: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov, Farhod Mirahmatov, Xushnudbek Avilov, Farhodbek Bekmurodov, Abdullo Olimov, Usmonali Ismonaliyev, Timur Usmonov (Jamshid Homidov, 51), Muhammad Yuldashev (Qahramon Baxodirov, 71), Doniyor Abdumannopov, Nodir Mavlonov (Baxtiyorjon Qosimov, 66).
“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov (Jo‘rabek Mannonov, 80), Bobur Abduxoliqov (Javohir Esonqulov, 80), Sharof Muhitdinov, Faysal Traore (Oybek Bozorov, 60), Islom Kenjaboyev (G‘olib G‘aybullayev, 65), Akmal Mozgovoy (Dilshod Rahmatullayev, 60), Sherzod Nasrullayev, Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Bahodirov (79), Stanoyevich (90+4).
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *