Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Pyanich: «Endi o‘zga sayyoralik bilan bir jamoada o‘ynash imkoniyatiga egaman»

Pyanich: «Endi o‘zga sayyoralik bilan bir jamoada o‘ynash imkoniyatiga egaman»

Автор: admin

«Barselona»ning yangi yarimhimoyachisi Miralem Pyanich taqdimot marosimida kataloniyaliklar safiga o‘tishi xaqida gapirdi.
«Men uchun Krishtianu Ronaldu va Franchesko Totti kabi eng yaxshi futbolchilar bilan o‘ynash muhim edi. Endi o‘zga sayyoralik bilan yonma-yon o‘ynash imkoniyatiga egaman. 
Hayotdan zavq olishni istayman. Jamoamizda 25 nafar futbolchi bor va ularning hammasi muhim. Jamoaviy ruhga va maqsadlarga erishishga ishonaman. 
6 yoshimdan beri «Barselona»da o‘ynashni orzu qilaman. Bugun orzuyim amalga oshdi. Bu – maksimal daraja. Vazifam ortimda yaxshi xotiralar qoldirishdir. 
Messining ketishi mumkinligi? Leoni hech qachon «Barsa»dan tashqarida ko‘rmaganman. Chunki u shu yerda o‘sgan va klub uchun ko‘p ish qilgan. Uni boshqa jamoa libosida ko‘rish g‘alati bo‘lardi. Ehtimol, u – barcha zamonlarning eng yaxshi o‘yinchisi va uning jamoamizda borligi juda yaxshi», – deya 30 yoshli bosniyalikning so‘zlarini keltiradi Diario Sport.
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *