Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Kilian Mbappe «Real»ga o‘tish istagini bildirdi

Kilian Mbappe «Real»ga o‘tish istagini bildirdi

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Kilian Mbappe kelajagini belgilab olgan.
El Chiringuito manbasi ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli fransuz futbolchisi faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishni istamoqda.
Avvalroq, Mbappe «PSJ» rahbariyatini mavsum yakunida klubdan ketmoqchiligi haqida ogohlantirgani ma’lum bo‘lgandi. Forvard faoliyatini Ispaniya yoki Angliyada davom ettirishni mo‘ljallayotgani aytilgandi.
O‘z navbatida Mundo Deportivo ushbu futbolchi keyingi yil yozida «Liverpul»ga o‘tishi haqida xabar tarqatdi. Mersisaydliklar hujum uchligi vakillari - Firmino, Saloh yoki Manedan biri ketadigan taqdirda ushbu yosh futbolchini safga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
Unga «Real» va «Liverpul»dan tashqari «Barselona», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» kabi klublardan ham qiziqish mavjud.
Mbappe «PSJ»ga 2017 yil yozida «Monako»dan ijara huquqi asosida o‘tgan. Bir yil o‘tib parijliklar klubi forvardni 180 mln yevro evaziga sotib oladi. O‘tgan mavsumda ushbu hujumchi Fransiya chempionatidagi 20 o‘yinda maydonga tushib, 18 gol urgan va 5 golga uzatma bergan. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgan. U barcha turnirlar doirasida jami 37 o‘yinda maydonga tushgan va 30 gol urib, 19 golga hammualliflik qilgan.
88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *