Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Mbappe ketadimi?

Parijning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini faqatgina «Real Madrid»da davom ettirsagina Parijni tark etadi.
Bu haqida “El Chiringueto” nashri ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, hujumchi so‘nggi qarorga keldi va u mavsum yakunlangach, «Real Madrid» bilan shartnoma imzolash niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbeppeni qo‘lga kiritish uchun «Real Madrid» 400 million yevro sarf etishi lozimligi haqida xabar bergan edik.
«Napoli» qizishib ketdi!

Italiyaning «Napoli» klubi ingliz klublari bilan uzoq muzokaralar olib bormoqchi emas.
Le Gazzeta Della Sport nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbarlari senegallik himoyachini hafta so‘ngida transferdan olinishini rasman ma’lum qilmoqda. Manbada yozilishicha, klub Manchester shahrining ikki klubi uchun o‘z futbolchisini 75 million yevrodan kamiga sotmoqchi emasligini rasman e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Napoli» o‘z himoyachisini sotib yuborish niyatida emas, biroq klub talab qilgan summa to‘lab berilsa, transfer amalga oshishi aniq.
Tyago «kechiktirildi»

Angliyaning «Liverpul» jamoasi «Bavariya» yarim himoyachisi Tyago Alkantaraning transferini biroz ortga surishga qaror qildi.
Talk Sport nashrining ma’lum qilishicha, «qizillar» 29 yoshli futbolch uchun 27 million funt to‘lashga qodir emas. Shu sababli, transfer oynasining so‘nggi kunlarida ushbu summani kamaytirish uchun qayta urinib ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi YECHL g‘olibining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilda o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli, klub uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborishdan oldinroq sotib yubormoqchi.
Milik APLga intilmoqda

«Napoli» klubi hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini APLda davom ettirish niyatida.
“Football Insider” nashrining ma’lum qilishicha, polyak «Tottenhem» bilan shartnoma imzolash maqsadida «Roma»dan kelib tushgan taklifni rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi bilan shaxsan Joze Mourinyo qiziqib qolgan va «Tottenhem» Milikka haftasiga 90 ming yevro moash to‘lashga tayyor.
«Tottenhem»ga himoyachi kerak

Angliyaning «Tottenhem» jamoasi «Verona» klubi himoyachisi Marash Kumbulani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
“Lʼarana” nashrining ma’lum qilishicha, «shporlar» «Verona» jamoasiga rasmiy taklif tayyorlamoqda. 20 yoshli alban futbolchisi ham boshqa klubga o‘tish niyatida. Shu sababli, ushbu transfer muzokaralarida muammo yuzaga kelmasligi aniq.
Eslatib o‘tamiz, Kumbula bilan shuningdek «Yuventus», «Napoli», «Roma» va «Milan» jamoalari ham jiddiy qiziqib qolgan.
143   
Добавить комментарий
Ваше имя: *