Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Liga 1. «Lion» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Liga 1. «Lion» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Автор: admin

Fransiya chempionati 1-turining qoldirilgan o‘yinida  «Lion» safarda «Monpele»ga qarshi bahs yuritib, mavsumda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindagi barcha gollar penaltidan urildi. Savanening dubliga mehmonlardan Depay bir bor javob berdi.
G‘alabadan so‘ng «Monpele» ochkolarini 6taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Lion» esa 4 ochko bilan 11-pog‘onaga tushib ketdi.

Liga 1, 1-tur
Monpele – Lion 2:1
15 sentyabr, «Mosson»

Gollar: Savane (38 penalti, 59 penalti) – Depay (82, penalti).
Monpele – Omlin, Pedru Mendesh, Ilton, Kongre, Suke, Ferri (Molle, 63), Savane (Shotar, 75), Le Tallek, Ristich, Labord (Sambiya, 86), Delor (Mavididi, 63). 
Lion – Antoni Lopesh, Andersen, Marselo, Denayer (Bar, 68), Dyubua, Kakre, Bruno Gimaraes (Jan Lukas, 55), Korne (Dembele, 75), Auar, Kadevere (Depay, 55), Toko-Ekambi (Sherki, 68).
Ogohlantirishlar: Delor (7), Bruno Gimaraes (36), Toko-Ekambi (45), Ferri (62), Ilton (71).
Chetlatishlar: Auar (44), Ilton (81).
62   
Добавить комментарий
Ваше имя: *